Oʻzbekiston xalq amaliy sanʼati va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyining musiqa- cholgʻu asboblari

Oʻzbekiston xalq amaliy sanʼati va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyining musiqa- cholgʻu asboblari


Muzeyning milliy cholg‘u asboblari kolleksiyasi 70 dan ortiq saqlanish birligi – turli xildagi zarbli, puflama va torli cholg‘u asboblaridan iborat; ularning faqat kichik bir qismigina ko'rgazmaga qo’yilgan.


Muzey ekspozitsiyasida siz o'zingiz yoqtirgan xalq cholg'u asboblarini - qadimiy ko'ndalang surnay - nay, karnay, g’ijjaklarni ko'rishingiz mumkin.


G’ijjak- eng qadimiy kamonсhali cholg'u asbobi hisoblanadi, afg'on va qashqar rubobi esa, o'rta asrlarda sevishganlar cholg'u asbobi sifatida e'zozlangan.
Muzeyga taqdim etilgan cholg'u asboblarining yaratuvchi- ijodkorlari atoqli ustalar U.Zufarov, A.Zokirov, A.Abdullayevlardir.


Qadimgi ustalarning sirlari "kuylaydigan  daraxtni" tanlay olish, qaysi asbobga olma daraxti, qysisiga o'rik, qarag'ay, yong’oq yoki tut daraxti mos kelishini aniqlash qobiliyatidadir.