Mis kandakorli sanʼati eng qadimiy sanʼat turidan biri hisoblanadi, ommalashishi jihatidan kulolchilikdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
Ko‘p asrlik anʼanalarga ega bo‘lgan ushbu hunarmandchilik turi O‘zbekiston hududida azaldan turli xil mahalliy maktab va markazlar doirasida rivojlanib kelgan. Muzeydan o‘rin olgan badiiy metall kolleksiyalarining aksariyat qismi XIX asr oxiri – XX asr o‘rtalariga oid buyumlar hisoblanadi.
O‘zbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi Davlat Muzeyi fondida saqlanayotgan Xorazm zargarlik buyumlari o‘zining alohida go‘zalligi bilan ajralib turadi. Ularning orasida peshonaga taqiladigan tilla-bargak va va ko‘krakka taqiladigan shokila bezaklari bor. Ular mayda barglar ko‘rinishidagi zarhal berilgan shaklli solinchoqlar shokilasi bilan bezatilgan, shokilalar yurish paytida egasining yaqinlashayotganini bildirib yengil ohangda jiringlab turadi. Yovuz ruhlarni haydash uchun mo‘ljallangan, ohangdor ovoz chiqaruvchi barglar, g‘unchalar, donalar shaklidagi turli shokilalardan Xorazmning ko‘plab zargarlik buyumlari shakllarida foydalanishgan.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” kitob-albomida (XXXIX jild) tanishishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.