"Ota darvoza" — Dastlabki ko'rinishi saqlanmagan ammo arxiv materiallar asosida qayta tiklangan-mi...⁉️
Ota darvoza — Ichan qalʼaning gʻarbiy darvozasi hisoblanadi.
Olloqulixon hukmronligi davrida 1828 - 1829-yilda qurilgan va "Shermuhammad ota" nomi bilan ham atalgan.
Darvozaxona toʻgʻri toʻrtburchak (17,50×15,40 m),
ichkarisi uzun dalon boʻlib, usti ikki katta gumbaz (diametri — 15,07 m).
Dalonning 2 tomonida bir-biriga oʻtiladigan oldi ochiq, gumbazli xonalar darvozabonlar xonasi vazifasini oʻtagan va xonalarning biridan hujraga oʻtiladi.
- Hujradagi aylanma zinadan tomga chiqiladi.
Darvoza peshtogʻi baland boʻlib, ikki yon tomonini guldastalar egallagan. Peshtoqining ravokli darchalari guldastalar qafasasi bilan bir balandlikda joylashgan.